Benites APLga qaytishi mumkin

Alisher
18 sen 2020
"Dalyan Ifan" bosh murabbiyi Rafael Benites Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

"Rafiqam menga biroz dam olishni maslahat bermoqda. Ammo, menga maydonda bo'lish, taktika ustida ishlash va sovrinlar yutish uchun kurashish yoqadi. Albatta, men yana o'zimni Premer-ligaga va oilamga yaqinroq ko'rmoqdaman. Qachon? Hozir bilmayman.

Hozircha biz shtabim bilan birgalikda Angliya chempionati o'yinlarini ko'rishda davom ettirmoqdamiz. Pandemiya barchasini keskin o'zgartirdi, ammo bu bizning futbolga bo'lgan ishtiyoqimizni o'zgartirmaydi", - deydi Benites.

Oldinroq, ispaniyalik mutaxassis yana "Nyukasl" (hozirda Stiv Bryus boshqarmoqda)da ishlashni xohlayotgani haqida xabarlar yangragan edi.


AlisherMuallif
Manba: Daily Mirror