Rasman: "Arsenal" Portugaliya terma jamoasi o'yinchisini o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
31 yanv 2020, 15:50
"Sautgempton" himoyachisi Sedrik Soaresh faoliyatini ijara asosida Londonning "Arsenal" klubida davom ettiradi.

"To'pchilar" futbolchini mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi.

Soaresh joriy mavsum barcha musobaqalarda 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etgan. Himoyachi "Sautgempton"ga 2015 yilda "Sporting"dan o'tgan edi.

Eslatib o'tamiz, Sedrik 2014 yildan beri Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/arsenal