Rashidovning transfer summasi 2 100 000 AQSHdollarini tashkil etdi

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2015, 10:00
Qatarning "Al Jayish" klubiga ko'chib o'tgan Sardor Rashidovning transfer summasi championat.asia saytiga ma'lum qilindi.

Bu hakda klubning bosh direktori Baxtiyor Boboev shunday deydi:
- Buni hech qanday sirli joyi yo'q. Qatarliklar klubimiz hisobiga 2 100 000 AQSH dolarini o'tkazib berishadi. Futbolchimiz esa "Al Jayish" bilan uch yilga mo'ljallangan bitimga imzo chekdi, Qatarda unga omad tilaymiz va u er orqali faoliyatini Yevropada davom ettirishga tilakdoshmiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia