"Raqobatchilarimizning harakatlarini nazorat qilish imkonsiz. O'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz kerak" - Arteta

Sherzod Nurmatov
27 dek 2022, 13:30
Mikel Arteta "Arsenal"ning APL titulini qo'lga kiritish imkoniyatlari haqida to'xtaldi.

Kecha London klubi APLning 17-turidan o'rin olgan uchrashuvda "Vest Xem" ustidan irodali g'alabaga erishdi (3:1).

Endilikda "kanonirlar" Angliya chempionati 15 o'yinidan so'ng 40 ochkoga ega. "Nyukasl" 16 o'yinda 33 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinda bormoqda. "Manchester Siti" 14 bahsdan keyin 32 ochko bilan uchinchi o'rinda ketyapti.

"Futbolchilarga o'zlariga e'tibor qaratishlarini aytaman. Raqobatchilarimizning harakatlarini nazorat qilish imkonsiz. Ular qanchalik yaxshi bo'lishini, qancha ochko olishlarini yoki yo'qotishlarini bilmaymiz. Biz o'z o'yinimizga, har kuni qilayotgan ishimizga e'tibor qaratishimiz kerak.

Bu tasodif emas, shuning uchun avvalgidek ishlashda davom etish lozim.

Biz qiyin paytda chaqiriqqa munosib javob bera oldik. Bizda juda ko'p jarohatlanganlar bor – Jezus, Smit-Rou va Tomiyasu yo'q edi. Shunga qaramay, jamoa o'ziga ishondi va yana g'alaba qozondi", – dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports