Raneri: "Shomurodov maydonda bor kuch-g'ayratini sarf etadi. Uni shuning uchun ham yaxshi ko'raman"

Narzulla Saydullayev
2 may 2025, 18:34
"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri jamoada aprel oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Eldor Shomurodov haqida gapirdi.

"Dovbik va Shomurodov birga o'ynashlari mumkin. Ular bir-birlariga ko'p yordam berishadi.

Shomurodov allaqachon o'zining muhim o'yinchi ekanligini ko'rsatdi. U soatiga 100 mil tezlikda borini beradi, buni tushunish menga qoladi. Men uni shuning uchun yaxshi ko'ramanki, u oltin bola, o'zini ayamaydi, hamma raqibni siquvga oladi. U maydonda bor kuch-g'ayratini sarf etadi".

Eslatib o'tamiz , "Roma" 4 may kuni Italiya A Seriyasi 35-turida "Fiorentina"ga qarshi o'ynaydi. 




 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia