Ramosning PSJdagi debyuti yana qoldirildi. U qachon safga qaytishi noma'lum

Eldor Akmurzayev
28 okt 2021, 09:35
Parijliklar himoyachisi Serxio Ramosning tiklanish jarayoni sekin kechmoqda.

U hali ham yakka tarzda mashg'ulot o'tkazmoqda va umumiy guruhga qo'shilishga tayyor emas.

35 yoshli ispaniyalik qachon safga qaytishi esa hali ham aniq emas. AS manbasiga ko'ra, u oyoq mushaklarida og'riq his etmoqda va sog'ayish jarayoni kutilganidan ancha murakkab o'tmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ramos “Real”ni erkin agent sifatida tark etib, parijliklar bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS