Ramos jarohati sabab "Bryugge"ga qarshi Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi

Alisher
7 dek 2021, 18:47
PSJ himoyachisi Serxio Ramos jarohat oldi va "Bryugge"ga qarshi Chempionlar Ligasi guruh bosqich 6-tur doirasidagi o'yinni o'tkazib yuboradi.

35 yoshli ispaniyalik individual dasturda ishlamoqda. Uning umumiy guruhga qaytishi uch kundan keyin amalga oshishi rejalashtirilmoqda.

"Bryugge"ga qarshi o'yinni yarim himoyachi Yulian Draksler va hujumchi Neymar o'tkazib yuboradi.

PSJ "Bryugge"ga qarshi 7 dekabr kuni Parijda o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: psg.fr