Rakitich "Barselona" bilan xayrlashdi: "Faoliyatimdagi ajoyib sahifani boshqa yo'nalishga burmoqdaman"

Sherzod Nurmatov
2 sen 2020, 23:48
"Barselona"dan "Sevilya" ga qaytgan yarim himoyachi Ivan Rakitich Kataloniya klubi bilan ta’sirli xayrlashdi.

"Men "Barselona"ga olti yil oldin ko'chib o'tgandim. Bugun men faoliyatimdagi ushbu go'zal sahifani boshqa yo'nalishga buryapman. Ushbu klub formasida o'ynash men uchun sharaf edi.

Men istisnosiz barchaga: oilam, jamoadoshlarim, murabbiylarim, ishchilar, ofis xodimlari va muxlislarga minnatdorchilik bildiraman.

Ko'rishguncha!" – deb yozdi Rakitich twitter'dagi sahifasida.

"Barselona" klubining xabariga ko'ra, 32 yoshli o'yinchi "Sevilya"ga 1,5 million evro evaziga o'tgan, bundan tashqari, 9 million evro bonus sifatida beriladi. 

Ma'lumot uchun, xorvat "Barselona" bilan 6 yil ichida 13 ta sovringa ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/ivanrakitic