Rabo: "Fransiya Mbappega qaram emas, lekin u bizning asosiy qurolimiz"

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 10:20
Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Adrien Rabo JCH-2022 chorak finali doirasidagi Angliyaga qarshi o'yin arafasida fikr bildirdi.

"Angliyada har bir poziciyada ko'plab iqtidorlar bor. Ularning qanot himoyachilari yaxshi hujum qilishadi, yarim himoyachilari bizning shu poziciyadagi futbolchilarimizga juda o'xshash. Ammo jamoamiz ularga muammo tug'dira oladi va vaziyatni u yoki bu tomonga burib yuborishi mumkin bo'lgan yagona narsa – bu darvoza tomon beriladigan aniq zarba. Daniya bilan o'yindagi kabi xatolarga yo'l qo'ymasligimiz kerak.

Biz Kilian Mbappega qaram emasmiz, u shunchaki bizning asosiy qurolimiz. Bizning vazifamiz – unga eng yaxshi sharoitlarni yaratish, ammo hujumni rivojlantirish uchun bizda boshqa imkoniyatlar ham mavjud", – dedi Rabo.

Angliya – Fransiya uchrashuvi 10 dekabr kuni o'tkaziladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com