Rabiner: “Mourinyu o'zbekistonlik forvardni qadrlamadi. Eldor “qochishi” kerak”

Eldor Akmurzayev
26 iyul 2022, 09:40
Rossiyalik taniqli jurnalist Igor Rabiner Eldor Shomurodovning “Roma”dan ketishi haqidagi gap-so'zlarga munosabat bildirdi.

“Albatta, Shomurodov “Special one”dan “qochishi” kerak. Bundan tashqari, Mourinyu o'zbekistonlik forvardni etarlicha qadrlamadi va o'tgan mavsum u ko'p o'ynamadi, qo'shimchasiga “Roma” Abrahamdan tashqari, mavsumlar oralig'ida Dibalani ham olib keldi. Yani, Eldor endi umuman o'ynamaydi.

“Jenoa”dan keyin esa uning Italiyadagi obro'si yaxshi. U A Seriya turnir jadvalining o'rta yoki quyi qismidagi jamoalarga o'tishi kerak. “Roma”dan esa unda Konferenciyalar ligasidagi g'oliblik (uncha-muncha emas, evrokubok) hamda Joze bilan birga ishlash xotirasi qoldi”, deya yozgan Rabiner ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.

"Roma" Shomurodovni sotishi mumkin. Nega?

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: t.me/rabinerigor