Qozog'istonlik futbolchi o'ziga "Real" tomonidan qiziqish haqida gapirdi

Omonjon To`xtamirzayev
23 fev 2024, 20:31
"Zenit" himoyachisi Nurali Alip o'z xizmatlariga "Real" tomonidan bo'lishi mumkin bo'lgan qiziqish haqida fikr bildirdi.

"Hozircha, yozda qaysi klubda bo'lishimni bilmayman. Mish-mishlarga izoh berib o'tirishdan mano ko'rmayapman. Hali o'sishim kerakligi va buning iloji borligini sezib turibman. "Real" haqidagi ma'lumotlarni, ulardagi izohlarni menga tashlashni boshlashgani yodimda. Albatta, qozog'istonlik hamyurtlarim meni kuzatib borayotgani va qo'llab-quvvatlashi juda yoqimli.

Bu ma'lumotni tarqatayotganlardan ranjiganim yo'q. Tushunaman, futbol - doimo mish-mishlarga to'la bo'ladi. Jamoadagilar ham bu haqida mashg'ulotlarga menga gapiraverishdi. 

O'zim hozirda "Jirona" va "Bayer"ni ko'proq kuzatib boryapman - chinakam sensaciya va ikki klub ham oldinga qadam tashladi. Chempionlar Ligasida asosan "Real"ning o'yinlarini kuzatib boraman", - dedi Nurali.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com