
Bu haqda Islam-Today sayti xabar bermoqda. Diniy marosim Shaxtyor futbolchilarining tashabbusi bilan o'tkazilgan.
Qurbonlik Shaxtyor futbolchilarining mashg'ulotlari oldidan bo'lib o'tgan. Marosimni o'tkazish uchun masjiddan mulla taklif qilingan.
Qarag'andaning Shaxtyor jamoasi Seltikga qarshi dastlabki uchrashuvni 20 avgust kuni Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida o'tkazadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi. Javob o'yini 28 avgust kuni Glazgoda bo'lib o'tadi.
Shaxtyor 2012 yili Qozog'iston chempionatida g'olib chiqqan. 2013 yilgi mavsumda jamoa Qozog'iston chempionati peshqadami – Aktobedan 12 ochkoga ortda qolgani holda uchinchi o'rinda bormoqda.
2013/2014 yilgi Chempionlan Ligasining ikkinchi saralash bosqichida Shaxtyor Belarusning BATE jamoasini kurashdan chiqardi, uchinchi saralash bosqichida esa Albaniyaning Skenderbeu jamoasi ustidan g'alaba qozondi. Agar Qarag'anda klubi ikki o'yin natijasiga ko'ra Seltikdan ustun kelsa, u Qozog'iston futboli tarixida ilk bor Yevropa Chempionlar ligasi guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoaga aylanadi.
Ma'lumot o'rnida, jamoa 2011 yildan Viktor Kumikov bosh murabbiylik qiladi. Bundan avval u O'zbekistonning Mashal va Nasaf futbol klublarida ish olib borgan, Nasaf bilan birga OFK Kubogi chorak final bahslariga qadar yetib borgan edi.