Qozog'iston termasi yubiley uchrashuvini o'tkazdi

Mirjalol Normatov
17 noya 2019, 16:41
Qozog'iston termasining San-Marinoga qarshi bahsi tarixidagi 200-uchrashuvga aylandi.

Termaning birinchi o'yini 1992 yilning 1 iyunida Turkmaniston termasiga qarshi bo'lib o'tgan. Unda qozog'istonliklar 1:0 hisobida g'alabaga erishgan.

Terma ushbu uchrashuvlarning 48tasida g'alaba qozongan, shuncha durang qayd etgan va 104 bahsda yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati esa 215-334ga teng.

Kecha Serravalledagi bahsda hujumchi Aleksey SHHetkin terma libosidagi 30-uchrashuvida qatnashdi. Ayni damda terma tarkibida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchi Yuriy Logvinenko (50) bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: footballhd.ru