Qozog'iston terma jamoasi futbolchisi Daniya Kubogi sohibi bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
14 iyun 2024, 15:48
Yarim himoyachi Ramazan Orazov Daniya oliy ligasida o'ynagan qozog'istonlik birinchi futbolchiga aylanadi, deb xabar berdi Caravan.kz.

Daniya Kubogining amaldagi sohibi "Silkeborg" klubi qozog'istonlik futbolchi bilan 3 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. 



Jamoa Orazovni Daniya va Qozog'iston terma jamoalari o'rtasidagi Evro-2024 saralash o'yinida kashf etgan. 

"Silkeborg" yozda Yevropa Ligasi saralashidagi ishtirokini boshlaydi. 

Orazov uchun Daniya faoliyatidagi 5-davlat bo'ladi. Ilgari u ichki chempionatdan tashqari Rossiya, Sloveniya va Latviyada o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caravan.kz