“Qo'qon-1912”ning qizlar jamoasi o'zining birinchi uchrashuvini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
2 dek 2017, 16:47
Barchangizga ma'lumki O'FF yangi mavsumda jamoalar oldiga bir qator qatiy talablarni qo'ygan.

Shunday talablardan biri har bir klub  xotin-qizlar  futbol  jamoasiga ega bo'lishi shartligi ko'rsatilgan.

Bu borada bizning jamoamiz ham  tinmay izlanishda davom etmoqda.Biz Qo'qonda xotin-qizlardan iborat futbol jamoasi tuzilganligi haqida sizlarga xabar bergan edik.  Mirsaid Mirolimov murabbiylik qilayotgan bu jamoa asosan mahalliy yoshlardan iborat bo'lib, hali bu jamoaga xotin-qizlarni tanlab olish davom etmoqda.

Bugun  “Qo'qon-1912”  futbol klubi qoshida tashkil etilgan xotin-qizlar jamoasi o'zining dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Raqib sifatida “Qo'qon-1912” futbol maktabining 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalari  tanlab olindi. Aytish joizki Mirolimov  jamoasidagi futbolchilar asosan 1998-2002 yillarda tug'ilgan qizlardan iborat.
Qiziqarli va gollarga boy o'tgan uchrashuv 6-4 hisobida qizlarimizning g'alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda Gulzoda G'ulomqodirova, Vazira Mirzakamolova , Gulirano Hasanovalar o'zlarining chiroyli o'yinlari va kiritgan gollari bilan mutaxasislarda yaxshi taassurot qoldirishdi. Nazorat uchrashuvini “Qo'qon-1912”  futbol klubi vice-prezidenti B.Tolipov boshchiligidagi  jamoa  rahbariyati kuzatib borishdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz