"Qo'qon-1912"ning golli seriyasi davom etadimi?

1 okt 2021, 10:42
Bugun Toshkentning "Paxtakor" klubi Qo'qonga safar qiladi.

Coca-Cola Superliga. 21-tur

oktyabr, juma

QO'QON-1912 – PAXTAKOR

Hakamlar: Vadim Agishev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Alisher To'xtasinov

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: Aleksandr Davidenko

Jamoalarning 1-davradagi o'yini 12 may kuni o'tkazilgan, unda poytaxt jamoasi yirik hisobda zafar quchgan edi (0:3). E'tiborli jihati, "Qo'qon-1912" o'shandan keyin o'tkazilgan barcha o'yinlarda raqib darvozasiga yo'l topishni uddalab kelmoqda. Ayni paytda O'zbekiston Superligasida qayd etilayotgan eng uzoq golli seriya aynan "shunqorlar"ga tegishli (7 uchrashuv). Nima deb o'ylaysiz, Baxtiyor Ashurmatov shogirdlari bugun "sherlar" golkiperini ham ranjita olishadimi?

"Qo'qon-1912" necha yildan beri "Paxtakor"ni engolmayapti?

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia