"Qo'qon-1912"ni ikki futbolchi tark etdi

Mirjalol Normatov
25 iyun 2023, 17:56
Pro-liganing birinchi davrasini 3-o'rinda yakunlagan "Qo'qon-1912" tarkibida o'zgarishlar boshlandi.

Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, "Qo'qon-1912" Muhammad Isaev hamda Bobur Qosimovlar bilan shartnomalarni bekor qilgan va ular ikkinchi davrani boshqa jamoada o'tkazishadi.

29 yoshli hujumchi Bobur Qosimov ushbu mavsumda 8 o'yinda maydonga tushdi va 378 daqiqada 1 gol urdi. 28 yoshli hujumkor yarim himoyachi Muhammad Isaev esa 6 o'yinda 144 daqiqa o'ynab, samarali harakatlar amalga oshira olmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia