"Qo'qon-1912" vice-prezidenti: "Paxtakor"dan yana bir futbolchi olishni rejalashtirayapmiz"

Narzulla Saydullayev
26 iyul 2019, 22:45
Superliga 14-tur doirasidagi "Paxtakor" – "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Qo'qon-1912” jamoasi vice-prezidenti Vitaliy Ni ishtirok etdi.

"Bugun ikkinchi davraga start berildi, tanaffus juda qisqa bo'ldi. Odatda bunday pallada futbolchilarga biroz qiyin bo'ladi. Bugun ochiq futbol namoyish etdik, raqibdan qo'rqish kerak emasligi haqida aytilgandi. Shunday bo'lsa-da, futbolchilarimiz nomdor raqibga qarshi yaxshi o'ynashdi. “Paxtakor” qanday kuchga ega ekanligini va uning safida qanday ijrochilar brligini barcha yaxshi biladi. Maydonga qo'rqmasdan va ayni paytda nimaga qodirligimizni namoyish etish tushdik. Ayni paytda jamoada Aziz To'xtaboev bosh murabbiy vazifasini bajarmoqda, ammo bugungi bahsdan keyingi matbuot anjumanida men ishtirok etishimni so'radi.

Transfer oynasi hali yopilgani yo'q va selekciya ishlari hali davom etadi. 5 avgustgacha hali vaqt bor. Yashiradigan hech nima yo'q, "Paxtakor"dan yana bir futbolchi olishni rejalashtirayapmiz, shuningdek darvozabon va hujum chizig'i uchun futbolchilar olib kelmoqchimiz", - deydi Vitaliy Ni.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia