"Qo'qon-1912" uch legioner bilan shartnoma tuzish arafasida

Narzulla Saydullayev
19 fev 2019, 13:30
Yangi mavsumga tayyorgarlikning so'nggi bosqichini Toshkent shahrida olib borayotgan "Qo'qon-1912" futbolchilari ayni kunlarda mashg'ulotlarga zo'r berishgan.

No'mon Hasanov shogirdlari kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlarni olib borishmoqda. Ko'rikda bo'lib turgan serbiyalik darvozabon Boyan Knejevich, himoyachilar Milosh Nikolich hamda Marko Milichning jamoada qolishi ma'lum bo'ldi.

Bu futbolchilar Toshkent shahrida tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Endi esa shartnomalarga imzo chekish qoldi.

"Qo'qon-1912" 21 fevral kuni Qarshining "Nasaf"  jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

22 fevral kuni esa futbolchilar jismoniy test sinovlarinini topshirishadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz