"Qo'qon-1912" safiga serbiyalik ikki futbolchi va bir murabbiy keldi

Narzulla Saydullayev
27 yanv 2018, 08:46
"Qo'qon-1912" jamoasi futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikni navbatdagi bosqichini boshlashdi.

Kecha jamoa a'zolari o'zlarining Qo'qondagi qarorgohlarida to'planishdi va Uchko'prikdagi stadionda dastlabki mashg'ulotlarni o'tkazishdi.

Jamoa tarkibiga Serbiya davlatidan ikki nafar futbolchi hamda bir murabbiy qo'shildi. Muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan himoyachi Darko Gojkovich yana jamoamiz yig'inlariga qo'shildi. Yana bir yangi futbolchi esa Serbiya super ligasi vakili Rad jamoasidan taklif etildi. Hujumchi Nenad Lukich murabbiylar ko'rigidan o'tadi.
Toshkentning Paxtakor jamoasida 2012-2014 yillarda faoliyat olib borgan Drajen Dukich bundan buyog'iga No'mon Hasanovga yordam beradi.

Jamoa bugundan Farg'onaga shahriga ko'chib o'tadi.Ertaga esa Farg'onada boshlanadigan Hokim kubogi-2018 musobaqasida ishtirokini boshlaydi.



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz