"Qo'qon-1912": "Qizilqum" mag'lubiyatga uchratildi

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2015, 22:50
Toshkent viloyatining Qiziltog' shaharchasida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini o'tkazaetgan "Qo'qon-1912" jamoasi bugun Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bilan nazorat o'yinini o'tkazdi.

Uchrashuv o'rtokliq maqomiga ega bo'lganligi sababli har ikki jamoa murabbiylari o'z ixtiyorlaridagi barcha futbolchilarni maydonga tushirishga harakat qilishdi. Qizikarli o'tgan o'yin qo'qonliklarning ustunliklari ostida o'tdi. Bu ustunlik hisobda ham o'z aksini topdi.

Qo'qonliklar safida ikkinchi bo'limdan boshlab maydonda harakat qilgan himoyachi Ilya Ilin hujumda ham o'ynay olishini ko'rsatib qo'ydi. Istedodli futbolchi o'yinning 73 va 77-daqiqalarida ikki bor "Qizilqum" darvozasini ishg'ol qildi. U har ikki golni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi. Navoiyliklar tarkibida to'purar hujumchi Baxriddin Vahobov bugun milliy terma jamoa yig'inida bo'lganligi sababli o'yinda qatnasha olmadi. Qolgan hujumchilar esa "Qo'qon" darvozasiga yul topa olishmadi va o'yin 2:0 hisobida yakuniga etdi.

Shuning bilan "Qo'qon-1912" jamoasining Qiziltog'dagi yig'ini o'z yakuniga etdi. Jamoa a'zolari ertaga tibbiy ko'rikdan o'tishadi. Navbatdagi yig'in esa 26 iyuldan Qo'qonda boshlanadi.
 
"Qo'qon-1912" - "Qizilqum" 2:0
Hakamlar:
R.Lutfullin, S.Ulfatov, X.Uralov.
Gollar
: Ilya Ilin 73, 77
"Qo'qon-1912": A. Ashurov, J.Kimsanov, I.Golban, O.Nurboev, A.Kirov, H.Ergashev, A.Nikolaev, S.Qobilov, M.Zokirjonov, A.To'xtaboev, N.Otaqo'ziev.
Zaxira: A.Baklanov, R.Matniyozov, I.Komilov, SH.Xolmatov, N.Qo'ziboev, S.Eminov, I.Ilin, F.Hasanboev, F.Boboqulov.
"Qizilqum": E.Jabborov, F.Haydarov, A.Rustamov, V.Shevchenko, R.Sanaev, M.Qurbonov, SH.Jo'raev, A.Muhiddinov, A.Derkach, G.Kvesiveshvili, A.Usmonov.
Zaxira: A.Makosyan, D.Hamroev, T.Dadashev, F.Qambarov, G'.Jumaev, S.Xolmatov, B.Mamirov, N.Raxmatullaev, B.Iskandarov.


Akramjon Mamadaliev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia