

"Qo'qon-1912" gruziyalik himoyachi Andro Giorgadze bilan shartnomani uzaytirdi. Futbolchi 2027 yil oxirigacha Qo'qonda o'ynaydigan bo'ldi.
Ma'lumot uchun, Giorgadze 2024 yil boshidan qo'qonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Hozirga qadar himoyachi bu jamoa safida jami 52 ta o'yinda maydonga tushib 5 ta gol urdi.
Eslatib o'tamiz, "Qo'qon-1912" bungacha qo'qonliklar darvozabon Azizxon Isaqov, himoyachilar Asliddin Toshtemirov va Jasur Yoqubov bilan shartnomani 2027 yilning dekabriga qadar uzaytirgan edi. Kecha Andrey Shipilov jamoaga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan edi.




