"Qo'qon-1912" asosiy futbolchilari bilan bitimni uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
4 dek 2025, 12:09
Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, qo'qonliklar darvozabon Azizxon Isaqov, himoyachilar Asliddin Toshtemirov va Jasur Yoqubov bilan shartnomani 2027 yilning dekabriga qadar uzaytirgan.

24 yoshli darvozabon Isaqov mavsum 29 o'yinda qatnashib, 37 ta gol o'tkazdi va 11 ta bahsda darvozani "quruq" saqladi. 24 yoshli himoyachi Toshtemirov 24 o'yinda ishtirok etib, 1 ta gol urdi. 26 yoshli himoyachi Yoqubov esa 28 o'yinda maydonga tushdi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz