

Mashg'ulotlar Chirchiq shahrida davom etmoqda.
Barchaning kayfiyati a'lo. Birinchi davrani yuqori notada yakunlash uchun murabbiy va futbolchilar astoydil ter to'kmoqdalar. “Olmaliq” jamoasi bilan bo'ladigan uchrashuv 25 iyun kuni Olmaliqdagi stadionda, soat 19-00 da boshlanadi.
Bugun esa har ikki jamoaning o'rinbosarlar tarkiblari o'zaro kuch sinashadilar. Bu uchrashuv soat 17-45 da boshlanishi belgilangan.




