"Qo'qon-1912" jamoasining barcha a'zolari koronavirusga test topshirishdi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2020, 14:58
Xabaringiz bor yurtimizdagi epideomilogik vaziyat kundan kunga jiddiylashib bormoqda.

O'zbekiston proffesional futbol ligasi , superliganing 10-tur uchrashuvlarini 1 hafta muddatga orqaga surdi hamda barcha jamoalar avval koronavirusga qarshi test topshiradilar so'ngra mashg'ulotlar va futbol uchrashuvlariga ruxsat berilishini ma'lum qildi.

Bugun Qo'qon shahar SES shifokorlari tomonidan "Qo'qon-1912" jamoasining barcha a'zolari testdan o'tkazildi. Jamoaning murabbiylar shtabi, rahbariyat, asosiy va o'rinbosarlar tarkibining barcha futbolchilari koronavirusga  test topshirishdi. Test natijalari chiqqach unga qarab jamoa yana mashg'ulotlarga kirishadi. Hozircha jamoa a'zolari Qo'qon shahridagi qarorgohlarida karantin qoidalariga amal qilgan holda yashab turibdilar.  Shifokorlarning takidlashlaricha natijalar 1 yoki 2 kun muddatda aniq bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz