Qo'qon-1912 jamoasi yozgi transfer oynasida legioner futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Khoja
17 iyul 2024, 09:15
Ikkinchi yarim yillik oldidan Qo'qon-1912 jamoasi ilk transferini amalga oshirdi.

"Jamoamiz tajribali yarim himoyachi, gruziyalik Shota Gvazava bilan shartnoma tuzdi. Futbolchi o'zbekistonlik muxlislarga Mashaldagi o'yinlari bilan tanish. Shuningdek, 31 yoshli futbolchi Slusk, Roznava, Van, Gavra kabi jamoalarda harakat qilgan. Yarim himoyachining so'nggi jamoasi Gonio hisoblanadi", - deyiladi qo'qonliklar matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.asia