“Qo'qon-1912" jamoasi Superligada 200 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Khoja
19 yanv 2024, 13:27
“Qo'qon-1912" jamoasi Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda.

Uzoq yillar davomida O'zbekistonning TOP jamoalarida harakat qilib kelgan Bahrom Abdurahimov qo'qonliklar bilan shartnoma imzoladi.

Bahrom Abdurahimov faoliyati davomida O'zbekiston Superliga bahslarida 235 ta uchrashuvda maydonga tushib, 23 ta gol urgan va sheriklariga 9 ta marta gol urish imkonini yaratib bergan. U faoliyati davomida ikki marta O'zbekiston Superkubogini va uch marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan.

Shuningdek, Bahrom Abdurahimov O'zbekiston milliy terma jamoasida bitta uchrashuvda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/FCKOKAND