

Qishki transferlar vaqtida navoiyliklar tarkibiga kelib qo'shilgan Shahboz Jo'rabekov klubni tark etdi. Ikkinchi davrada uni boshqa jamoada ko'ramiz. Ma'lumot uchun, futbolchi birinchi davrada Superligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi, 2 ta gol, 1 ta assist qayd etdi.




