"Qizilqum" yig'inida 3 nafar yangi futbolchi ko'rinish berdi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023, 13:55
Xabaringiz bor, jamoa 2023 yilgi mavsum uchun tayyorgarlikning ikkinchi bosqichida qatnashmoqda.

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, jamoada bir nechta yangi futbolchilar ko'rikdan o'tmoqda. Bular - "Mashal" himoyachisi Samandar Shukurullaev, "Qo'qon-1912" sharafini himoya qilgan Avazxon Mamatxo'jaev (suratda) va "Metallurg" bilan xayrlashgan hujumchi Jasur Xolto'raev.

Ma'lumot o'rnida, navoiyliklar 3-17 fevral kunlari Turkiyada yig'in o'tkazishi ko'zda tutilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia