“Qizilqum” oradan 15 yil o'tib, yana Samarqandda g'alaba qozondi

Aslanov Jasurbek
27 may 2017, 09:00
Oliy liganing 12-turida “Qizilqum” futbolchilari safarda “Dinamo”ni mag'lub etib, joriy mavsumdagi uchinchi g'alabasini nishonlashdi.

E'tiborli tomoni shundaki, “Qizilqum” o'zaro o'yinlar tarixida so'nggi marta 2002 yilgi mavsumda (09.06.2002. “Samarqand”- “Qizilqum” 0:2) Samarqandda maydon egalarini mag'lub etgandi. Oradan 15 yil o'tib, “Qizilqum” yana Samarqanddan g'alaba bilan qaytadigan bo'ldi.

Umuman olganda  navoiylik muxlislar  joriy mavsumda jamoalarining Oliy ligadagi g'alabasini naqd 50 kun kutishdi. Hamidjon Aktamov boshqaruvidagi jamoa so'nggi marta Oliy liganing 5-turi doirasida  6 aprel kuni safarda “Bunyodkor”ni (1:0) taslim etgandi. Oradan roppa rosa 50 kun o'tib, “Qizilqum” yana (safarda) g'alaba  qozonishga erishdi.

“Qizilqum” matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia