“Qizilqum” muxlislari Toshkentga keladi

Aslanov Jasurbek
6 apr 2017, 07:29
Bugun, 6 aprel kuni oliy liganing 5-turiga start beriladi.

Turning qiziqarli uchrashuvi Toshkentda “Bunyodkor” va “Qizilqum” jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi.

“Qizilqum” jamoasi muxlislari doimgidek sevimli jamoalarini ushbu bahsda bevosita stadiondan turib qo'llab-quvvatlashni maqsad qilishgan.

-Jamoamiz qanday natija ko'rsatishidan qatiy nazar biz doim ular bilan birgamiz. Shu bois bugungi bahsda ham ularga madad bo'lib, jamoamizning oldiga qo'ygan maqsadiga erishishiga biz ham o'z hissamizni qo'shmoqchimiz, -deydi “Qizilqum” ishqibozlar klubi yetakchisi Shahriddin Ishnazarov. –Shu o'rinda Toshkentda ishlayotgan yoki tahsil olayotgan barcha ishqibozlarni stadionga taklif etamiz.

Eslatib o'tamiz, “Bunyodkor” – “Qizilqum” uchrashuvi bugun 6 aprel kuni soat 18:00 da “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tadi. “Qizilqum” muxlislari bilan bog'liq savollarga ishqibozlar klubi yetakchisi Shahriddin Ishnazarovga murojaat qilishlari mumkin.

Tel: +998913333773.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcqizilqum.uz