12 iyuldan boshlab "Paxtakor"ning barcha futbolchilari klub qarorgohida yig'ildilar va murabbiylar shtabi boshchiligida ikkinchi davra o'yinlariga tayorgarlikni boshladilar. Mashg'ulotlar jamoaning Qibraydagi qarorgohida va "Paxtakor" markaziy stadioni maydonida bo'lib o'tmoqda.
Mashg'ulotlarga “Paxtakorga” tegishli bulgan va birinchi davrada boshqa jamoalar safida ijarada to'p tepgan ikki futbolchi kelib qo'shildi. Bular BAA chempionatida to'p surgan yarimhimoyachi Oybeq Qilichev va Samarqandning "Dinamo" klubida xarakat qilgan hujumchi Farrux Shotursunovdir.
Rejaga ko'ra o'quv-mashg'ulot yig'inlari doirasida “Paxtakor” 4ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu uchrashuvlar haqida saytimizda ma'lumot berib o'tamiz.