

Hamyurtimiz Sardor Rashidov harakat qilayotgan Qatarning "Al Jayish" jamoasi chempionatning 11-turida "Qatar SK" mehmoni bo'ldi va 0:1 hisobida yutqazib qo'ydi. Sardor Rashidov uchrashuvda to'liq o'ynadi. O'tgan turda "Ar Rayyan"ga mag'lub bo'lgan "Al Jayish" 23 ochko bilan musobaqa jadvalining 2-pog'onasida bormoqda.
Qatar yulduzlar ligasi, 11-tur.
"Qatar SK" - "Al Jayish" 1:0
Gollar: Musa Majid 60


