Qatar amiri PSJ bazasiga keldi va o'yinchilarga murojaat qildi

Alisher
21 apr 2024, 11:15
Qatar amiri PSJ bazasiga tashrif buyurdi.

Tamim bin Xamad Al Tani boshqaruv raisi Nosir Al Xelayfining hamrohligida klubga keldi.

U murabbiylar shtabi va birinchi jamoa o'yinchilari bilan uchrashdi. Amir PSJning erkaklar va ayollar jamoasi Chempionlar ligasi yarim finaliga chiqqanidan g'ururlanishini aytdi.

U shuningdek bazadagi yangi binolarni ko'zdan kechirdi, mashg'ulotlar bazasini rivojlantirish va yangi stadion qurilishi rejalari bilan tanishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: RMC Sport