

Ayni paytda Qarshida erta tongda boshlangan kuchli yomg'ir tingan. Havo harorati biroz sovuq. Futbolchilar uchun futbol o'ynaydigan ajoyib havo. Dastlab stadionga o'yinni boshqarib boradigan avstraliyalik hakamlar hamda uchrashuv komissari tashrif buyurishdi.

Sal o'tib esa mehmonlar "Al Vasl" klubi o'zi ajratilgan "Sho'rtan" jamoasi avtobusida "Markaziy" stadionga yetib keldi. Oxirgi bo'lib esa mezbonlar "Nasaf" jamoasi avtobusi "Markaziy" stadionga kelib to'xtadi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, havo sovuqligiga qaramasdan amirliklar futbolchilarining aksariyati juda engil kiyinib olgan. Ular o'zlarini xuddiki Dubayda yurgandek his etishgan shekilli, hozircha Qarshidagi sovuq o'z ta’sirini ko'rsatgani yo'q.

"Nasaf" jamoasi vakillarining kayfiyati ancha yuqori. Lekin shu bilan birgalikda jamoa a'zolari jiddiylikni ham yo'qotishgani yo'q. Ular qanchalik mas'uliyatli bahsga tayyorgarlik ko'rishganini bir zum bo'lsada unutishgani yo'q.

"Nasaf"ning asosiy tarkibi
Ro'ziqo'l Berdiev bugungi uchrashuvda chap qanot himoyasida avval taxmin qilganimizdek Saydullo Rahmatovni qo'ygan. "Al Faysali"ga qarshi o'yinga nisbatan faqatgina shu o'zgarish amalga oshirilgan. "Persepolis" bilan o'yindagi kabi jamoa bugun 3 markaziy himoyachi bilan emas, balki o'zining odatiy uslubida, yani 4-2-3-1 taktik sxemasida o'ynaydi.

Garchi havo harorati biroz sovuq bo'lishiga qaramasdan "Nasaf"ning ashaddiy ishqibozlari hozirdanoq stadionga kelib o'z o'rnilarini band etib turishibdi. Yomg'ir tinganini inobatga olsak, o'yin boshlanguniga qadar tribunalar o'z egalarini topishiga shubha yo'q. Zero bugun "Nasaf" o'z muxlislari olqishiga va qo'llab-quvvatlashiga muhtoj.

Yaqin daqiqalar ichida ko'pchilik intiqlik bilan kutgan uchrashuv start oladi. Biz esa o'z navbatida "Nasaf" jamoasiga omad tilab qolamiz!
Demak qarshiliklar "Markaziy" stadionga otlanishlari kerak bo'lsa, qolgan o'zbekistonlik millionlar o'yini ihlosmandlari soat 17:55da boshlab televizor qarshisiga yaxshilab mixlanib olishsa maqsadga muvofiq bo'lardi.










Ha-ya, aytgancha, Siz aziz o'quvchilar esa sevimli saytingizdan bir zumda bo'lsada chiqib ketishni hayolingizga keltirmang:-)



