Puyol: “Real” menga ikki marta taklif bilan chiqqan”

Eldor Akmurzayev
8 mar 2022
“Barselona” afsonasi Karles Puyol “Real” bilan bog'liq voqealarni esga oldi.

“Ular meni ikki mart bezovta qilishgan. Birinchi marta Figu ketganidan bir yil o'tgach sodir bo'lgan. Ularga allaqachon dunyoning eng yaxshi jamoasida o'ynayotganimni tushuntirganman. Keyin esa 2004 yil Kamacho “Real” murabbiyiga aylandi, u nafaqat meni, balki Ronaldinyoni o'z jamoasiga taklif qilmoqchi edi”, deydi ispaniyalik.

Eslatib o'tamiz, Luish Figu 2000 yil shov-shuvli tarzda kataloniyaliklarni tark etib, “Qirollik klubi” a'zosiga aylangandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: TV3