Puyol ham hakamning videoyordamchisiga qarshi emas

Aslanov Jasurbek
1 apr 2017, 10:45
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol hakamning videoyordamchisi tizimi (VAR) borasida fikr bildirdi.

"Hozir futbolda sodir bo'layotgan o'zgarishlarni ijobiy qabul qilish kerak, chunki ular tufayli natijalar adolatliroq bo'ladi. O'yinning mohiyati o'zgarmaydi. Xuddi o'sha futbol davom etadi" - deydi Puyol.

VAR Fransiya va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda ishga tushirildi.

Videoyordamchilar hakamga bazi bahsli vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qilishda yordam berdi.

Grizmanning goli hisobga olinib, bekor qilindi. Deulofeuniki esa bekor qilinib, keyinroq gol deb topildi. Fransiya - Ispaniya 0:2 (video)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport.es