Puyol "El-klassiko"ni suriyalik qochoqlar bilan tomosha qiladi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2017, 13:14
"Barselona" sobiq himoyachisi Karles Puyol LaLiganing 33-turidan o'rin olgan "Real" hamda Kataloniya klubi o'rtasidagi "El-klassiko"ni uyida tomosha qilmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Puyol Saloniki shahridagi lagerida LaLiga prezidenti Xaver Tebas hamda suriyalik qochoqlar bilan birga o'yinni tomosha qiladi. Lagerga katta ekranlar o'rnatiladi.

"Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi bahs 23 aprel kuni "qaymoqranglilar" stadionida bo'lib o'tadi.

LaLiga turnir jadvali bilan tanishing.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS