Puyol Barselona sport direktori yordamchisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
30 may 2014, 19:06
Barselona jamoa sobiq himoyachisi Karles Puyol sport direktori yordamchisi lavozimida ishlay boshlaydi.
Shunday qilib sentyabr oyidan boshlab Puyol Andoni Subisarretaga yordam bera boshlaydi.

Menga shunday imkoniyat berayotgan klubga rahmat aytaman. Ko'proq o'rganishga harakat qilaman. Futbolni bor kuchim bilan o'ynashga harakat qilardim. Yangi lavozimda ham shunday qilishga urinaman, – deydi Puyol.

Eslatib o'tamiz, 36 yoshli Puyol yaqinda futbolchilik faoliyatini tugatdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru