PSJning Yaponiyadagi ilk mashg'ulotiga 10 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurdi, bir bolakay Messidan dastxat oldi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022, 20:01
PSJ klubining Yaponiyaga tashrif buyurishi mahalliy muxlislar orasida katta shov-shuvga sabab bo'ldi.

Parijliklarning Tokiodagi "Titibunomiya" regbi stadionida o'tkazgan ilk mashg'ulotiga 10 000 dan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.

Mashg'ulot paytida kamida to'rt kishi maydonga yugurib chiqishga harakat qilgan. Ulardan biri buni uddasidan chiqdi – Argentina terma jamoasi libosidagi bola hujumchi Lionel Messi yoniga yetib borib, o'zi kiygan libosga dastxat qo'ydirishga muvaffaq bo'ldi.

Messi, Neymar, Kilian Mbappe, Serxio Ramos va Marko Verrattining tashrifi jamoatchilikning katta qiziqishini uyg'otdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: L’Equipe