PSJning sobiq futbolchisi faoliyatini "Almeriya"da davom ettirishi mumkin

6 yanv 2020, 01:51
"Foot Mercato" nashri xabariga ko'ra, iqtidorli yarim himoyachi Xatem Ben Arfa faoliyatini Ispaniya chempionati ikkinchi divizioni vakili "Almeriya" klubida davom ettirishi mumkin.

32 yoshli futbolchi ayni vaqtda erkin agent maqomida turibdi. Uning so'nggi klubi Fransiyaning "Renn" klubi bo'lgandi. Ben Arfa PSJ, "Nyukasl", "Marsel" va "Lion" jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Guti boshqarayotgan "Almeriya" klubi avvalroq darvozabon Andrey Luninni ijaraga olishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Foot Mercato