PSJga "Manchester Siti" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
15 mar 2020, 12:30
"Calciomercato" xabariga ko'ra, PSJ rahbariyati hujumchi Kilian Mbappening jamoadan ketishiga tayyorlanmoqda.

Hozirda fransiyalikka "Yuventus" va "Real" tomonidan jiddiy takliflar bo'lmoqda. Shu boisdan PSJ uning o'rnini to'ldirish maqsadida "Manchester Siti"dan Riyod Maxrezni tarkibga jalb qilmoqchi.

O'z navbatida "Manchester Siti" ham jazoirlik futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas. Ularga yaxshigina moliyaviy taklif berilsa, bu ko'rib chiqilishi mumkin.

Oldinroq PSJ Mbappening o'rniga "Liverpul" futbolchisi Sadio Manening nomzodini ko'rib chiqayotganligi borasida ma'lumot berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato