PSJ yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi

Mirjalol Normatov
19 iyun 2022, 12:12
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes klubda qoladi.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, 27 yoshli argentinalik futbolchi parijliklar bilan shartnomasini 2024 yil yoziga qadar uzaytiradi. Bu xabar klub tomonidan e'lon qilinishi kutilmoqda.

Yakunlangan mavsumda Paredes mamlakat chempionatida 15 o'yinda qatnashib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe