PSJ sardori Tiago Silva Fransiya fuqaroligini qabul qildi
Tolibjon Qosimov
16 mar 2019, 13:29
PSJ sardori Tiago Silva o'zining tvitter sahifasida Fransiya fuqarosi bo'lganini ma'lum qildi.
"Bugun men, turmush o'rtog'im, farzandlarimiz Isago va Yago Fransiya fuqarolariga aylandik. Bu biz uchun baxtli kun, chunki biz olti yarim yildan beri Parijda yashaymiz va bu yerda o'zimizni uydagidek his qilamiz", - deb yozdi Silva.