

Eslatib o'tamiz, futbolchining agenti Donato di Kampli matbuot orqali chiqish qilib, mijozini “PSJ”da mahbuslardek ushlab turishganiga urg'u bergandi.
“Graderia” radiosi jurnalisti Antuan Mamonning aytishicha, ushbu videorolikni ommaga ko'rsatish tashabbusi shaxsan “PSJ” prezidenti Nosir Al Xelayfiy tomonidan chiqqan.
“Verattining muxlislardan uzr so'rab qilgan videomurojaatining g'oyasi klub prezidentidan chiqqan. Murojaatda Veratti jamoatchilikdan uzr so'rab, “PSJ”da baxtli ekanligini ma'lum qilgan. Ammo, o'ylashimcha, Verattining “Barselona”ga transferi bu amalga oshmaydigan ish emas”, deydi Mamon.


