PSJ prezidenti Kilian Mbappe haqida gapirdi

Khoja
30 may 2024
PSJ prezidenti Nasser Al-Xelaifi Kilian Mbappega keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Unga barcha ezgu niyatlarni tilab qolaman. Biz Kilian bilan etti yil davomida ajoyib davrni o'tkazdik. U 18 yoshida jamoamizga kelib qo'shilgandi. Endi u ulg'aydi, jahonning eng zo'rlaridan biriga aylandi. Men uning bizning jamoaga qilgan ishlaridan faxrlanaman. Qachonlardir yana jamoaga qaytishni istasa, men uni jon deb qaytargan bo'lardim. Uning rejalari, maqsadlari bor, u o'z kuchini boshqa chempionatda sinab ko'rishga qaror qildi. Unga omad tilayman, - deb fikr bildirdi Nasser Al-Xelaifi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com