

Parijliklar Portugaliya terma jamoasining 25 yoshli futbolchisi uchun belgilangan tovon puli - 60 million evroni to'lashga tayyor.
"Portu"ning sobiq sport direktori Anteru Enrike bugungi kunda PSJda ishlayotgani ushbu transferning amalga oshishini tezlashtirishi mumkin.
Parijliklar Daniluga tez orada klubni tark etishi mumkin bo'lgan Matyuidi va Krixovyaklarning o'rinbosari sifatida qaramoqda.
Oldinroq, "Portu" Daniluni "Yuventus"ga 30 mln evroga sotmagan edi.




