PSJ Neymar o'rniga futbolchi topib qo'ydi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 17:27
PSJ rahbariyati klubni tark etishi mumkin bo'lgan Neymar o'rniga xarid qilinadigan futbolchini aniqlab oldi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Parij klubi braziliyalik o'rinbosari sifatida "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni ko'rmoqda. PSJ fransiyalik uchun "matraschilar"ga 150 mln evro taklif qilishga tayyor.

PSJ bu yo'l bilan JCH-2018da Fransiya hujum chizig'ida harakat qilgan Grizman va Kilian Mbappe juftligini Parij jamoasida ko'rishmoqchi.

Oldinroq, Neymar "Barselona"ga qaytmoqchi ekanligi xabar qilingan edi.

"Barselona" o'zi sotib yuborgan futbolchini qaytarmoqchi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS