
26 yoshli futbolchi Fransiya chempionatiga o'tganidan afsusda va ko'k-anorranglilarga bir necha marta uni qaytarish haqida murojaat qildi. Biroq "Barselona" har safar rad javobini bergan.
Biroq so'nggi vaqtlarda vaziyat o'zgargan. "Barselona" braziliyalikni qaytarish yo'llarini ko'rib chiqmoqda va ayni damda amalga oshishi mumkin bo'lgan transferni o'rganyapti.
Yozda Neymarga "Real" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi, biroq "Qirollik klubi" ushbu ma'lumotni rad etdi.