

L’Equipe nashrining ma'lumotiga ko'ra, parijliklar ushbu savolga javobni mahalliy chempionat boshlanguniga qadar berishi va butun e'tiborni musobqaga qaratishi aytilgan.
Neymarga "Barselona"dan jiddiy qiziqish bo'layotgan bo'lsa ham, parijliklar Kataloniya klubidan rasmiy taklifni olmagani haqida ma'lumot berilgandi.
Qayd etish kerak, 2017 yil avgust oyida PSJ 222 mln evroga xarid qilgan yulduz shu paytga qadar chempionatda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 35 ta gol va 24 ta assist qayd etgan.



